Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Senegallik iste’dod «PSJ»ni tark etishga yaqin

Senegallik iste’dod «PSJ»ni tark etishga yaqin

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Ibraima Mbaye yangi mavsumda jamoada muhimroq rol o‘ynashni istagan edi, ammo endi u klubini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi L'Equipe.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli senegallik futbolchi JCH-2026dan so‘ng Fransiyada qolishni niyat qilgan edi. Biroq Parij klubi sport direktori Luish Kampush va bosh murabbiy Luis Enrike unga maydondagi daqiqalari avvalgidek qolishini tushuntirishgan. Ijaraga o‘tish varianti esa futbolchining o‘ziga taklif qilingan.

Avvalroq OAVda Mbayega «Liverpul» va «Bayer» klublari tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Mbaye barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. JCH-2026 turnirida esa u 4 ta uchrashuvda 1 ta gol muallifiga aylangan.

Kiritildi: 08:15, 07.08.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик