Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

«Bordo» bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirganidan 1 oy o‘tib, uni ishdan bo‘shatdi

«Bordo» bosh murabbiyi bilan shartnomani uzaytirganidan 1 oy o‘tib, uni ishdan bo‘shatdi

Baho:
+ | -

«Bordo» klubi rasmiy saytida Rio Mavubaning jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etganini ma’lum qildi.

Fransiya terma jamoasining 42 yoshli sobiq futbolchisi aprel oyida jamoa boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi, iyul oyi boshida esa klub bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirgan edi. Bu uning murabbiylik faoliyatidagi ilk tajribasi bo‘ldi.

«Bordo» Rioga klub rivojiga qo‘shgan hissasi va fidoyiligi uchun — akademiyadagi mehnatida ham, asosiy jamoa rahbariyatidagi faoliyatida ham chin dildan minnatdorchilik bildiradi. Klub shuningdek, uning professionalligini va «Bordo»ga bo‘lgan cheksiz sadoqatini alohida e’tirof etadi», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Arno Kormye «Bordo» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Klub hozirda yangi bosh murabbiy qidiruvini davom ettirmoqda.

Shu haftada «Bordo» Sparta Capital investisiya fondi tomonidan sotib olingani e’lon qilingan edi. Biroq ushbu bitim faqat klub ma’muriy tarzda quyi ligaga tushirib yuborilishi bo‘yicha qarorga e’tiroz bildira olsa va 2024 yilda moliyaviy muammolar sababli surgun qilingan Fransiyaning 4-divizionidagi o‘rnini saqlab qolsagina rasmiylashtiriladi.

Kiritildi: 08:27, 07.08.2026.
O'qildi: 617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик