«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Dortmundning «Borussiya» klubidan ijaraga olingan himoyachi Yan Koutuning transferiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Yan — dovyurak va juda texnik futbolchi. U o‘ng qanotimizda turli xil o‘yin variantlarini taqdim etadi. U oldinga o‘ynashni yaxshi ko‘radi, ajoyib energiyaga ega va biz o‘ynamoqchi bo‘lgan futbol uslubiga juda mos tushadi. U hali yosh, lekin allaqachon muhim tajribaga ega. Biz bilan birgalikda u rivojlanishda davom eta olishiga ishonamiz», — deya Fabregasning so‘zlarini keltirmoqda Italiya klubi matbuot xizmati.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli braziliyalik futbolchi barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













