Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Marsel» himoyachisi Fakundo Medina «Bayer»ga o‘tmoqda

«Marsel» himoyachisi Fakundo Medina «Bayer»ga o‘tmoqda

Baho:
+ | -

«Marsel» himoyachisi Fakundo Medina faoliyatini Leverkuzenning «Bayer» klubida davom ettiradi, deb xabar beradi L’Équipe.

Klublar transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. «Bayer» argentinalik futbolchi uchun 23 million yevro kafolatlangan mablag‘ va yana 2 million yevro bonus sifatida, umumiy hisobda 25 million yevro to‘laydi.

27 yoshli argentinalik himoyachi Germaniya klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. U ta’tildan qaytganidan so‘ng 5 yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

L’Équipe ta’kidlashicha, leverkuzenliklarning birinchi taklifi rad etilgan edi, ammo ikkinchi bildirilgan taklif «Marsel» rahbariyatini qanoatlantirdi.

Kiritildi: 09:34, 07.08.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик