Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

UYEFA Infantino JCH biznesidagi ulushni arzonlashtirilgan narxda sotishga uringani yoki urinmaganini tekshiradi

UYEFA Infantino JCH biznesidagi ulushni arzonlashtirilgan narxda sotishga uringani yoki urinmaganini tekshiradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

UYEFA Fifa Forward Enterprise loyihasi atrofidagi mojarodan so‘ng FIFAning tijorat aktivlarini mustaqil baholashni buyurtma qilishni rejalashtirmoqda, xabar beradi The Guardian.

Yevropa futbol ittifoqi FIFA o‘z tijorat aktivlarini qay tarzda 20 milliard dollarga baholaganini va ushbu summa sun’iy ravishda pasaytirilgan yoki pasaytirilmaganini tushunib olmoqchi. Bekor qilingan loyihaga ko‘ra, Thrive Capital investisiya fondi 4,2 milliard dollar evaziga 21 foiz ulushni olishi kerak edi.

«Biz ular Jahon chempionatini arzon-garov narxda sotgan-sotmaganini aniqlashimiz kerak. Ular 20 milliardlik bahoga qanday kelishgan? Jarayon yetarlicha ishonchli bo‘lganmi?» — dedi UYEFA rejalari bilan tanish manba.

FIFA taqdimotida baholash metodologiyasi va raqobatli tender o‘tkazilgani haqida tafsilotlar bo‘lmagani qo‘shimcha savollarni keltirib chiqardi.

JCH-2026 bilan yakunlangan to‘rt yillik siklda FIFAning daromadlari taxminan 15 milliard dollarni tashkil etdi. UYEFA tomonidan so‘ralgan tahlilchilarning fikricha, tashkilotning butun tijorat biznesini 20 milliard dollarga baholash, ayniqsa, turnirlarning kelajakdagi ehtimoliy kengayishini hisobga olganda, juda past bo‘lishi mumkin.

Fifa Forward Enterprise loyihasi Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning akasi Joshua Kushner boshqaradigan Amerikaning Thrive Capital fondiga ulush sotishni nazarda tutgan edi.

FIFA shiddatli tanqidlardan so‘ng o‘tgan haftada bitimdan voz kechdi. Agar loyiha amalga oshirilsa, UYEFAning barcha 55 ta assosiasiyasi FIFA turnirlarini boykot qilish bilan tahdid qilgan edi.

Kiritildi: 13:49, 07.08.2026.
O'qildi: 572 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик