Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Atletiko» Romero bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

«Atletiko» Romero bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

«Atletiko» «Tottenxem»ga himoyachi Kristian Romero bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda.

Avvalroq argentinalik futbolchi «matraschilar» bilan yana bir mavsumga uzaytirish opsiyasi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani kelishib olgan edi. Romeroning maoshi yiliga 6 million yevroni tashkil etadi.

«Atletiko» himoyachi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda, ammo «shporlar» bilan hali kelishuvga erishgani yo‘q. «Tottenxem» Romero uchun 40-45 mln yevro so‘ramoqda, o‘yinchining o‘zi esa ko‘chib o‘tish istagini bildirib bo‘lgan.

O‘tgan mavsumda Kristian Romero barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ydi. Himoyachi tizzasidan olgan jarohati sababli klub mavsumining yakunini o‘tkazib yubordi. Argentina terma jamoasi tarkibida Romero Jahon chempionati-2026 finaligacha yetib bordi, turnirda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi.

«Atletiko» Primeraning o‘tgan mavsumini to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 1-turida Diyego Simeone jamoasi 19 avgust kuni «Malaga»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 14:34, 07.08.2026.
O'qildi: 348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик