Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Borussiya Dortmund»ning hujumchi xaridi bo‘yicha to‘rtinchi taklifi ham rad etildi

«Borussiya Dortmund»ning hujumchi xaridi bo‘yicha to‘rtinchi taklifi ham rad etildi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi «Kyoln»ning 19 yoshli iqtidorli hujumchisi Said El-Malani o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Ammo Bild nashri xabariga ko‘ra, ushbu transfer barbod bo‘lish xavfi ostida qolgan.

«Kyoln» rahbariyati Dortmund klubining El-Mala uchun bergan bonuslar bilan birgalikda 45 million yevroga teng bo‘lgan to‘rtinchi taklifini ham rad etdi. Bu taklif ham Bundesliga klubining talablarini qondira olmadi.

«Kyoln» dastlab yosh futbolchi uchun 40 million yevro kafolatlangan to‘lov va umumiy hisobda 50 million yevro so‘ragan edi. Manbaning ta’kidlashicha, sport direktori Tomas Kessler va klub boshqaruvi muzokaralarni vaqtincha to‘xtatishga qaror qilgan.

«Borussiya» faqat 50 million yevrodan sezilarli darajada yuqori taklif bilan chiqsagina muzokaralarga qaytishi mumkin. Shunga qaramay, Dortmund klubi o‘yinchiga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmagan va navbatdagi taklifni tayyorlamoqda.

El-Malaning o‘zi «Borussiya»ga o‘tishni va Chempionlar Ligasida to‘p surishni istamoqda, biroq transfer amalga oshmay qolsa ham «Kyoln»da qolishga e’tiroz bildirmaydi.

Kiritildi: 16:14, 07.08.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик