Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Flik o‘z maqsadiga erishdi: Kanselu «Barselona» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Flik o‘z maqsadiga erishdi: Kanselu «Barselona» bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Baho:
+1 | -

«Barselona» Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan portugaliyalik himoyachi Joau Kanseluni to‘liq sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Goal nashri va ispaniyalik insayder Xuan Xesus ma’lumotlariga ko‘ra, transfer summasi taxminan 10 million yevroni tashkil etadi.

32 yoshli futbolchi Kataloniya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik ushbu transferni shaxsan talab qilgan. Nemis mutaxassisi himoyaning o‘ng qanotini hujumlarga samarali qo‘shila oladigan va katta tajribaga ega bo‘lgan o‘yinchi bilan kuchaytirishni istagan.

Kanselu avvalroq 2023/24 yilgi mavsumda «Manchester Siti»dan ijara asosida «Barselona»da to‘p surgan. 2024 yilning yozida u «Al-Hilol»ga ko‘chib o‘tgan edi, ammo Saudiya Arabistoni chempionatiga to‘liq moslasha olmay, o‘tgan qishda yana ijara asosida kataloniyaliklar safiga qaytgan edi.

Endilikda Portugaliya terma jamoasi a’zosi «Kamp Nou»ga doimiy asosda qaytishga to‘liq tayyor.

Kiritildi: 18:06, 07.08.2026.
O'qildi: 955 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик