Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Rafael Leau APL klublariga taklif qilindi

Rafael Leau APL klublariga taklif qilindi

Baho:
+ | -

«Milan»ning 27 yoshli portugaliyalik hujumkor vingeri Rafael Leau faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.

talkSPORT nashri insayderi Ben Jeykobsning xabar berishicha, futbolchining agentlari va vakillari Leauning xizmatlarini bir nechta ingliz klublariga, jumladan «Lids Yunayted», «Manchester Yunayted» va «Arsenal»ga taklif qilishgan. Futbolchining o‘zi APLga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Ammo transferning juda qimmatligi va moliyaviy shartlar sababli, ushbu grandlardan birortasi «Milan»ga rasmiy taklif bilan chiqishi dargumon.

Ayni vaqtda portugaliyalik futbolchiga Turkiyaning «Fenerbahche» va «Galatasaroy» klublari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda.

O‘tgan 2025/26 yilgi mavsumda Leau «Milan» tarkibida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:08, 07.08.2026.
O'qildi: 1228 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик