Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Bremer «Yuventus»ni tark etishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Bremer «Yuventus»ni tark etishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi markaziy himoyachisi Gleyson Bremer yozgi transfer oynasida jamoadan ketmoqchi ekani haqida tarqalgan mish-mishlarni inkor etdi.

«Bunday narsa hech qachon bo‘lmagan. Men bu yerda juda baxtliman», — dedi Bremer La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq tarqalgan xabarlarga qaramay, Myunxenning «Bavariya» klubi braziliyalik himoyachiga hech qanday qiziqish bildirmagan. Nemis grandi ushbu yozda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmayapti.

Bremer 2022 yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning «byankoneri» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, markaziy himoyachining transfer qiymati taxminan 35 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:25, 07.08.2026.
O'qildi: 534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик