«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku «Monako» bilan muzokaralar olib bormayapti.
Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano xabar berdi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda belgiyalik forvardning ehtimoliy transferi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘q. Lukaku faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlarni ko‘rib chiqmoqda va u ushbu yozda Neapol klubini tark etishi hamon kutilmoqda. Shu bilan birga, «Atlanta Yunayted» futbolchiga bo‘lgan qiziqishni saqlab turibdi.
Avvalroq «Monako» Lukakuning ehtimoliy transferi haqida ma’lumot so‘ragani xabar qilingan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Napoli» belgiyalik o‘yinchi bilan taxminan 10 million yevro evaziga xayrlashishga tayyor.













