Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Milan» Bennaser bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qildi

«Milan» Bennaser bilan shartnoma bekor qilinganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Ismael Bennaser «Milan»ni tark etdi. Goal portali xabariga ko‘ra, 27 yoshli aljirlik futbolchi bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro roziligi bilan bekor qilingan.

Bennaser 2019 yilning yozida «Empoli»dan 16 million yevro evaziga «Milan»ga o‘tgan edi. Milanliklar tarkibidagi faoliyati davomida u Italiya chempioni va mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi. Oxirgi ikki mavsumni yarim himoyachi ijarada o‘tkazib, «Marsel» va Zagrebning «Dinamo» klublarida to‘p surdi.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, Bennaserning keyingi klubi Qatarning «Al-G‘arafa» jamoasi bo‘ladi. Bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadigan futbolchi ushbu yozgi transfer oynasidayoq yangi jamoaga qo‘shilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 03:10, 08.08.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик