Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

FIFA Infantino haqidagi mojaroli ayblovlar yuzasidan bayonot berdi

FIFA Infantino haqidagi mojaroli ayblovlar yuzasidan bayonot berdi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) tashkilot prezidenti Janni Infantino Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA) bosh kotibi bo‘lib ishlagan davrida sobiq mahbubasiga kompensasiya to‘lanishini ta’minlagani haqidagi ayblovlar ortidan rasmiy bayonot berdi.

«FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu ayblovlarni to‘liq rad etadi, ular haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ustav yoki nizomlar buzilgani haqidagi har qanday taxminlar tuhmat hisoblanadi.

Infantinoning xatti-harakatlari bilan bog‘liq hech qanday hodisa bo‘lmagani sababli, UEFA yoki FIFAning biror bir xodimi hech qachon unga nisbatan shikoyat bilan murojaat qilmagan. Barcha kadrlarga oid qarorlar, jumladan, ishdan bo‘shatish va ishdan ketish nafaqasini to‘lash masalalari vakolatli rahbarlar tomonidan amaldagi qoidalarga qat’iy muvofiq ravishda tasdiqlangan», — deyiladi FIFA bayonotida.

Avvalroq OAVda Infantino UEFAda ishlagan davrida o‘z mahbubasini lavozimga ko‘targani va unga ishdan ketish nafaqasi to‘lanishini ta’minlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Infantino UEFAda 2000 yil avgustidan faoliyat yuritgan. U 2009–2016 yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yil fevral oyida esa Xalqaro futbol federasiyasi prezidenti etib saylangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:15, 08.08.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик