Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Nyukasl» Xollning vakillari bilan suhbatlashdi

«Nyukasl» Xollning vakillari bilan suhbatlashdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» rahbariyati boshqa klublar, xususan «Manchester Yunayted» tomonidan bo‘layotgan qiziqishlar fonida Lyuis Xollning vakillariga 21 yoshli angliyalik futbolchi sotilmasligini ma’lum qildi.

Mankunianliklar Angliya terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rishdi, ammo «qarg‘alar» rahbariyatidan qat’iy rad javobini olishdi.

Insayder Fabrisio Romano berib o‘tgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchining ehtimoliy transferi bilan bog‘liq masala to‘liq yopilgan. «Nyukasl» uni sotish variantini umuman ko‘rib chiqmaydi va Xollni jamoaning kelajakdagi asosiy hamda kalit futbolchilaridan biri sifatida baholamoqda.

Yarim himoyachining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi. Uning «Nyukasl» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:57, 08.08.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик