«Manchester Siti» futbolchisi Mateus Nunes Xosep Gvardiolaning jamoa bosh murabbiyligi lavozimini tark etishi qanchalik ta’sirli bo‘lgani haqida gapirib berdi.
«Ko‘pchilik ko‘z yoshlarini tutib turolmadi. Pep ehtiroslarga berilmadi, u shunchaki bularning barchasini imkon qadar tezroq yakunlashni xohladi. Uning haqiqatan ham klubni tark etayotgani ayon bo‘ldi, bu haqda gapirish oson emas. Bizning barchamizga shunchalik ko‘p narsa bergan va klubni qayta erishish juda qiyin bo‘lgan darajaga olib chiqqan inson bilan xayrlashish juda og‘ir. Uning qilgan ishlari shunchaki aqlsizlik. Vaqt o‘tishi bilan ko‘p narsa o‘zgaradi. Men bu jamoada u kelishidan oldin o‘ynamaganman. Xayrlashish hamisha qiyin», — dedi Nunes The Athletic nashriga bergan intervyusida.













