«Barselona» himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatini «Liverpul»da ijara asosida davom ettiradi. Klublar o‘rtasidagi kelishuvda mavsum yakunida urugvaylik futbolchining transfer huquqini to‘liq sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Arauxoni to‘liq transfer qilish qiymati 55 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining doimiy ravishda «Liverpul»da qolishi-qolmasligi mavsum yakunida faqat ingliz klubining qaroriga bog‘liq bo‘ladi.
Manba ta’kidlashicha, «Liverpul»dagi yuqori intensivlikka asoslangan o‘yin uslubi Arauxoga mos keladi. Shuningdek, Angliya Premyer-ligasidagi futbol uslubi urugvaylik himoyachining kuchli jihatlariga to‘g‘ri keladi.
Arauxo o‘tgan mavsumda La Ligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta sariq kartochka oldi. Chempionlar ligasida esa 10 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta sariq va 1 ta qizil kartochka bilan kifoyalandi.













