Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Trabzonspor» Saloh transferidan so‘ng abonementlar sotuvida rekord o‘rnatdi

«Trabzonspor» Saloh transferidan so‘ng abonementlar sotuvida rekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Trabzonspor» misrlik hujumchi Muhammad Saloh transferi yakunlanganidan bir necha soat o‘tib, mavsumiy abonementlar sotuvi bo‘yicha klub rekordini yangiladi. Bu haqda Goal Turkiya klubi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Klub taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar 18 mingta mavsumiy abonement sotilgan. Bu «Trabzonspor» tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Klub bayonotida qayd etilishicha, ushbu natija «puxta rejalashtirish, jamoaviy aql-zakovat, sabr-toqat va umumiy maqsadga bo‘lgan ishonch» samarasi bo‘lgan.

«Trabzonspor»ning navbatdagi maqsadi — 41 ming muxlisga mo‘ljallangan stadionda 25 mingta abonement sotish.

Kutilishicha, Saloh yangi jamoasi safidagi debyutini 15 avgust kuni Turkiya chempionatining birinchi turida «Qosimposho»ga qarshi uchrashuvda o‘tkazadi.

Kiritildi: 19:39, 08.08.2026.
O'qildi: 1058 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик