Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik «Manchester Yunayted»ning e’tiborini tortdi.
20 yoshli futbolchi ijaraga o‘tishga tayyor, chunki kelayotgan mavsumda «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibidan muqim o‘rin egallashi dargumon. indykaila News ma’lumotlariga ko‘ra, «qizil iblislar» braziliyalik futbolchining vakillari bilan bog‘lanishgan. Hujumchining o‘zi ham transfer g‘oyasini ma’qullamoqda, biroq hozircha muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi.
Endrik o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lion» klubida o‘tkazgan edi. Avvalroq futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan Italiyaning «Roma» klubi unga asosiy da’vogar sifatida tilga olingandi.













