Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Alonso «Milan»ga qarshi o‘yinda Laviyani nega almashtirmaganini tushuntirdi

Alonso «Milan»ga qarshi o‘yinda Laviyani nega almashtirmaganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Milan»ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida (3:0) yarim himoyachi Romeo Laviyani maydonda qoldirish qarorini tushuntirib berdi.

Laviya 2023 yilning avgustida «Sautgempton»dan «Chelsi»ga o‘tganidan beri mushak jarohatlari sabab juda ko‘p o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan edi. «Milan» bilan o‘yinga qadar belgiyalik futbolchi londonliklar safida biror marta to‘liq o‘yin o‘tkazmagandi.

«Laviyada 90 daqiqa davomida o‘ynash bilan bog‘liq ruhiy to‘siq bor edi. U charchagandi, lekin men: «Mayli, o‘ynasin, o‘ynasin», dedim. Biz unga maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qilishiga imkon berdik. U o‘yinni butunlay holdan toygan holda yakunladi va, fikrimcha, u naihoyatda baxtiyor», — deydi Alonsoning so‘zlarini Sport Bible nashri keltirib.

«Chelsi» navbatdagi o‘yinini 9 avgust kuni Malayziyaning «Johor Darul Tazim» klubiga qarshi o‘tkazadi. Alonso ushbu uchrashuvda ko‘plab yosh futbolchilar maydonga tushishini va’da qildi.

Kiritildi: 06:59, 09.08.2026.
O'qildi: 621 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик