Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Romero «Atletiko»ga o‘tishga rozilik bermayapti va «Barselona»ning harakatlarini kutmoqda

Romero «Atletiko»ga o‘tishga rozilik bermayapti va «Barselona»ning harakatlarini kutmoqda

Baho:
+ | -

Kristian Romero «Barselona»ga kelib qo‘shilishga umid qilmoqda. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, himoyachi «blaugrana» sport direktori Dekuga ma’qul kelmoqda, ammo boshqa pozisiyalarni kuchaytirish ustuvor vazifa bo‘lib turgani sababli uning transferi bo‘yicha deyarli ish olib borilmayapti.

«Tottenxem» va Argentina terma jamoasi futbolchisining yangi jamoasi goh «Atletiko» bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda, garchi tomonlar hali kelishuvga erishmagan bo‘lishsa-da. Romero hozircha Madrid klubiga yakuniy roziligini berishga shoshilmayapti, chunki u «Barselona»ning, ayniqsa Ronald Arauxoning kutilayotgan ketishi fonida qanday yo‘l tutishini ko‘rmoqchi.

«Atletiko» «shporlar»ga 30 million yevro taklif qilmoqda. Londonliklar esa 40 million yevro olishni istashmoqda.

Kiritildi: 07:33, 09.08.2026.
O'qildi: 1030 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик