Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Benatiya: «Yangi avlod o‘z xatolari sababli qayg‘urmaydi»

Benatiya: «Yangi avlod o‘z xatolari sababli qayg‘urmaydi»

Baho:
+ | -

«Marsel»ning sobiq sport direktori Mehdi Benatiya yangi avlod futbolchilariga ta’rif berdi.

«Futbolchi o‘zini siz xohlagandek tutmaganida, unga barcha o‘ylaganlarini yuziga aytishi uchun qandaydir vajohatliroq yigitni, odatda meni yuborishardi. Keyin esa murabbiy aralashadi: "Uning aytayotganlari sening manfaating uchun, buni tuzatishing kerak. Men esa sanga yordam beraman".

Ishtiyoqi qolmagan bugungi avlod bilan murabbiyga ularning qalbiga yo‘l topish uchun to‘g‘ri yondashuv kerak. Shundagina ular yugurishga va gol urishga qodir bo‘lishadi.

Agar haddan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapirsang, ular: "E, murabbiyga tupurdim, bizda besh yillik shartnoma bor, uni esa baribir yarim yildan keyin haydab yuborishadi", deb o‘ylashadi.

Mavsumoldi dasturini berganingda, ularning qanchasi haqiqatan ham shaxsiy murabbiy yollab, ta’til paytida shug‘ullanadi? O‘z ayblari sabab mag‘lubiyatga uchrashganda — u muqarrar vaziyatni boy bergan hujumchi bo‘ladimi yoki o‘z o‘yinchisini o‘tkazib yuborgan himoyachimi — ularning qanchasi bundan haqiqatan ham qayg‘uradi? Ular shunchaki hech narsa bo‘lmagandek davom etaverishadi. Albatta, hammasi emas, lekin 80 foizi shunday», — deb ta’kidladi Benatiya.

Kiritildi: 08:09, 09.08.2026.
O'qildi: 627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик