Madridning «Real» klubi sardori Federiko Valverde yangi jamoadoshi Bernardu Silva haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Portugaliyalik futbolchi yosh boshida «Manchester Siti»dan erkin agent sifatida «qaymoqranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Shanba kuni yarim himoyachi Joze Mourinyu jamoasidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.
«Bernardu — ajoyib futbolchi. Menga hamisha maydonda unga qarshi o‘ynash yoqardi, lekin juda qiynalardim. Endi u biz bilan ekanidan juda xursandmiz», — deydi Valverdening so‘zlarini keltirgan Madrid Xtra.
«Real»ning Vengriyaning «Ferensvarosh» klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvi Ispaniya grandining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Silva bir taym harakat qilgan bo‘lsa, Valverde maydonda 86 daqiqa o‘tkazdi va golli uzatmaga mualliflik qildi.













