«Boka Xuniors» yarim himoyachisi Leandro Paredes Lionel Messining oilasida yuz bergan fojia haqida fikr bildirdi. Avvalroq «Inter Mayami» hujumchisining otasi Xorxe Messi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
«Men haligacha Leo bilan gaplasha olmadim. U mamlakatga kelishini kutyapmiz, bu og‘ir paytda uning yonida bo‘lishni istaymiz. Hozir bir nechta jamoadoshlarim bilan gaplashib, Messining oldiga qachon borishimiz va u bilan birga bo‘lishimiz mumkinligini hal qilamiz», — dedi Paredesning so‘zlarini All About Argentina keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Xorxe Messi 68 yoshida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Lionel Messining otasi uzoq vaqt davomida og‘ir kasallik bilan kurashib kelgan.













