«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska jamoa hujumchisi Omar Marmushning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq «Nyukasl» va Londonning «Tottenxem» klublari misrlik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Marmush bo‘yicha javobim Jeyms Traffordniki bilan bir xil. Futbolchilar har kuni mashg‘ulot o‘tkazishadi va o‘ynashni xohlashadi. Ammo maydonga tushishmaganda, ular norozi bo‘lishadi», — dedi Mareskaning so‘zlarini jurnalist Simon Baykovski keltirdi.
27 yoshli Marmush o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Misrlik hujumchining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Marmushning transfer qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.













