Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytiradi

Keyn «Bavariya» bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytiradi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning angliyalik hujumchisi Xarri Keyn yaqin orada Myunxen klubi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashi kutilmoqda. Bu haqda Times Sport xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, shu haftada tomonlar yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashadi. Hujumchi kelishuvni 2029 yilgacha uzaytirishga rozi bo‘lishi kutilmoqda.

Keyn 2023 yilning avgustida «Tottenxem»dan o‘tganidan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda to‘purar 51 ta o‘yinda 61 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Bundan tashqari, forvard o‘z hisobiga 7 ta golli uzatmani ham yozib qo‘ydi.

33 yoshli Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi kelgusi yilning iyun oyi oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 14:41, 10.08.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик