Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Javohir Sindorov: “Gukesh hatto yutuqli vaziyatlarda ham xotirjamlikni yo‘qotadi”

Javohir Sindorov: “Gukesh hatto yutuqli vaziyatlarda ham xotirjamlikni yo‘qotadi”

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov shaxmat bo‘yicha amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi kechadigan bahs oldidan bo‘lajak raqibi va o‘yinga ko‘rayotgan tayyorgarligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Da’vogarlar turniri g‘olibining ta’kidlashicha, Gukesh ayni paytda juda yaxshi o‘ynamoqda, biroq uning o‘yinida o‘ziga xos kamchiliklar ham yo‘q emas.

“Fikrimcha, Gukesh ba’zida ustunlikka erishgan yoki hatto yutuqli vaziyatlarda ham xotirjamlikni yo‘qotib qo‘yadi. Buning sababi nimada ekanini bilmayman, biroq partiyalarini kuzatsangiz, uning chindan ham kuchli o‘yin namoyish etayotganini ko‘rasiz. Shunday bo‘lsa-da, men uning xatolariga tayanib qolmoqchi emasman. Gukesh o‘ta kuchli shaxmatchi ekanini o‘zaro o‘yinlarimiz orqali yaxshi bilaman. Shu bois munosib tayyorgarlik ko‘ryapman va u Jahon chempionati bahslariga eng yuqori formasida yetib keladi, deb hisoblayman”, deydi Sindorov.

Ma’lumot uchun, Jahon toji uchun kechadigan bahslar joriy yilning 25-noyabridan 15-dekabriga qadar Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni, tadbirning umumiy byudjeti esa 8,5 million dollarni tashkil etadi. Reglamentga ko‘ra, g‘olibni aniqlash uchun jami 14 ta partiya o‘ynaladi va chempionlik uchun shaxmatchilardan 7,5 ochko jamg‘arish talab etiladi. Agar tomonlardan biri bu natijaga belgilangan o‘yinlardan ertaroq erishsa, bahs muddatidan oldin yakunlanadi. Asosiy o‘yinlar 7:7 hisobidagi durang bilan tugasa, chempion nomi tay-breykda aniqlab olinadi.

Kiritildi: 14:51, 10.08.2026.
O'qildi: 1346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик