Himoyachi Ronald Arauxo 2026/2027 yilgi mavsum uchun ijara asosida «Barselona»dan «Liverpul»ga o‘tdi.
«Biz Ronald Arauxoni 2026/2027 yilgi mavsum uchun «Barselona»dan ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishdik. Bu kelishuv ishlash uchun ruxsatnoma muvaffaqiyatli olinishi va xalqaro kelishuv jarayonidan o‘tilishi sharti bilan amalga oshadi», — deyiladi «Liverpul» matbuot xizmati tomonidan klubning ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida berilgan xabarda.
Arauxo «Barselona»ning birinchi sardori hisoblanadi va 2018 yildan buyon klub tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. Himoyachi kataloniyaliklarning asosiy jamoasi safida mamlakat ichki musobaqalarida sakkizta sovrinni qo‘lga kiritgan.
O‘tgan mavsumda urugvaylik himoyachi «Barselona» safida barcha turnirlarda 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urgan.













