Madridning «Real» klubi ushbu yozda Orelyen Tchuameni, Eduardo Kamavinga va Federiko Valverde bilan xayrlashish niyatida emas.
Joriy transfer oynasida ikkala fransuzning jamoadan ketishi haqida faol xabarlar tarqalgan edi, ammo «qaymoqranglilar» ularni olib qolishga qaror qilishdi va muzokaralar olib borishmadi, deb xabar beradi Marca. Tchuameniga Angliyadan jiddiy qiziqish bor edi, ammo futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinyuga kerak.
Manbaning ta’kidlashicha, jamoa sardori Valverde bo‘yicha ham so‘rovlar tushgan. Urugvaylik futbolchining transfer qilinish ehtimoli butunlay istisno etiladi — uning o‘zi ham boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishga hech qanday qiziqish bildirmayapti.
Transfermarkt portali Tchuameni va Kamavinganing transfer qiymatini tegishlicha 70 va 50 million yevroga baholamoqda, ushbu saytda Valverdening narxi esa 90 million yevroni tashkil etadi.













