Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Romero Ispaniya top-klubiga o‘tishga bir qadam qoldi

Romero Ispaniya top-klubiga o‘tishga bir qadam qoldi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, 28 yoshli argentinalik futbolchi «matraschilar» bilan mavsumiga 6 million yevro maosh evaziga 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Kelishuvda shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutiladi.

Hozirda klublar transferning so‘nggi detallarini o‘zaro muvofiqlashtirishmoqda. Barcha tomonlar bitimning muvaffaqiyatli yakunlanishiga to‘liq ishonch bildirishmoqda.

Romero 2022 yildan beri «Tottenxem» sharafini himoya qilib keladi. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarni hisobga olgan holda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 15:20, 11.08.2026.
O'qildi: 1449 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик