Istanbulning «Beshiktash» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Artur Meloga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Qora burgutlar» 29 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha turinliklarga so‘rov yuborishdi. Ushbu transferdan shaxsan «Beshiktash» bosh murabbiyi Vinchenso Italyano manfaatdor — u avvalroq «Fiorentina»da Artur bilan birga muvaffaqiyatli ishlagan edi.
O‘tgan mavsumni Melo ijara asosida Braziliyaning «Gremio» klubida o‘tkazib, sifatli o‘yin ko‘rsatdi va barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, «Beshiktash» Turkiya Superligasining yangi mavsumini 16 avgust kuni «Eyupspor»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.













