Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon 1-3 So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon 0-3 Neftchi
13/08 20:30 Buxoro 2-0 OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Lokomotiv
15/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

Turkiyada 34 yoshli futbol hakami dengizda cho‘kib ketdi

Turkiyada 34 yoshli futbol hakami dengizda cho‘kib ketdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Turkiyaning Zonguldak shahrida 34 yoshli sobiq futbolchi va futbol hakami Hakan Ergin dengizda cho‘kib, vafot etdi.

Hodisa 9-avgust kuni Uzunkum sohilida yuz bergan. Noqulay ob-havo va dengizdagi kuchli to‘lqinlar sabab o‘sha kuni hududda cho‘milish taqiqlangan edi. Shunga qaramay, Ergin dengizga tushgan.

Bir muddat o‘tib, u kuchli to‘lqinlar orasida ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. Voqea haqida xabar berilgach, qutqaruv, polisiya va tibbiyot xodimlari hududga yetib kelgan. Qutqaruvchilar Erginni suvdan olib chiqib, unga dastlabki yordam ko‘rsatgan.

Hakan Ergin Atatürk davlat shifoxonasiga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Ergin futbolchilik faoliyatini yakunlagach, hakamlikka o‘tgan va Zonguldakda yoshlar hakami sifatida faoliyat olib borgan.

Kiritildi: 18:20, 11.08.2026.
O'qildi: 991 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик