"Arsenal"ning yosh himoyachisi Maylz Lyuis-Skelli klubni tark etishni o‘ylamayapti, deb xabar beradi The Athletic.
19 yoshli futbolchi o‘zining o‘yinlari bilan boshqa jamoalarning e’tiborini tortdi, ammo u "Arsenal"da baxtli va transfer izlamayapti. Lyuis-Skelli Mikel Artetaning tarkibida o‘zini ko‘rsatishni va kelgusi mavsumda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni niyat qilgan.
Lyuis-Skelli "Arsenal"ning kattalar jamoasida 75 ta o‘yinda va Angliya terma jamoasida oltita o‘yinda maydonga tushgan. U 2026 yilgi Jahon chempionati uchun milliy terma jamoa tarkibiga kiritilmagan.
2025 yilda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra bozor qiymati 45 million yevro bo‘lgan himoyachi "kanonirlar" bilan besh yillik shartnoma imzoladi.













