"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike UYEFA Superkubogi oldidan jamoaning muammolariga to‘xtaldi.
"Menda hech qanday o‘yinchi yo‘q. Ba’zilari dushanba kuni, boshqalari esa o‘tgan hafta qaytishdi. Biz qo‘limizdan kelganicha tayyorgarlik ko‘rishga harakat qilmoqdamiz, lekin o‘yinchilarimiz qanday jismoniy holatda bo‘lishini bilmayman", dedi Enrike jurnalistlarga.
Shu bilan birga, murabbiy jamoaning UYEFA Superkubogini yutishga qaratilganini ta’kidladi.
"Mavsumni final bilan boshlaganingizda, bu o‘tgan mavsumda ko‘p mehnat qilganingizni anglatadi. Bizning maqsadimiz - iloji boricha eng yuqori darajada o‘ynash. Albatta, biz yana Superkubokni yutib olishni xohlaymiz", dedi Goal nashri bergan intervyusida.
"PSJ" o‘tgan yilgi UYEFA Superkubogida "Tottenxem"ni mag‘lub etgandi.













