«Chelsi» Mixail Mudrikni ushbu mavsumda boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
Football.London xabariga ko‘ra, kamida APLning uchta jamoasi so‘rov yuborgan. Ular orasida ukrainalik futbolchi bilan ilgari ishlagan Frenk Lempard boshqarayotgan «Koventri» ham bor. Shuningdek, «Strasbur» varianti ham mavjud.
Mudrik oxirgi marta rasmiy o‘yinda 2024 yilda maydonga tushgan edi. U doping sababli diskvalifikasiya tufayli bir yarim mavsumni o‘tkazib yubordi.













