Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Suzukining qachon «PSJ» bilan shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Suzukining qachon «PSJ» bilan shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiyaning «Parma» klubi darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini «Pari Sen-Jermen»da davom ettiradi. Avvalroq klublar 23 yoshli yaponiyalik futbolchining o‘tishini kelishib olishgani haqida xabar berilgan edi.

Jurnalist Nikolo Skira ushbu ma’lumotni tasdiqladi. Uning xabariga ko‘ra, bonuslarni hisobga olgan holda transfer summasi 36 million yevroni tashkil etadi, Suzukining o‘zi esa 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Yaqin ikki kun ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnomaga imzo chekishi kerak.

2025/26 yilgi mavsumda Suzuki A Seriya va Italiya Kubogida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ushbu davr mobaynida u 30 ta gol o‘tkazib yubordi va oltita o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 15:19, 12.08.2026.
O'qildi: 472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик