Mayk Menyan o‘z kelajagi haqida o‘ylay boshladi.
La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, darvozabon «Milan» bosh murabbiy Massimiliano Allegri, sport direktori Igli Tare, shuningdek, o‘zi bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan darvozabonlar murabbiyi Klaudio Filippining ishdan bo‘shatilganidan norozi. Bundan tashqari, «rossonerilar» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etmayapti.
Taxminlarga ko‘ra, «Milan» rahbariyati va bosh murabbiyi Ruben Amorim Menyan bilan uchrashib, vaziyatni muhokama qiladi. Klub Maykni jamoada saqlab qolishdan mamnun bo‘ladi, ammo uning xohishiga qarshi ish tutish qiyin bo‘ladi.













