Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha lisenzion jahon chempionati start oldi.
Ushbu dunyo birinchiligida sportchilarimiz yakkalik va guruh mashqi dasturlarida Los-Anjeles-2028 yo‘llanmalari uchun bahs olib borishadi.
Dasturga ko‘ra, bugun va ertaga yakkalik dasturida saralash bahslari bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davomida Taxmina Ikromova turli elementlarda o‘z chiqishini namoyish qiladi.
Sportchimiz dastlab to‘p bilan mashq dasturidagi chiqishini yakunladi va 26.050 ball jamg‘arishga erishdi.













