Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Mareska «Manchester Siti»dagi Gvardiolaning sobiq kabinetini qayta jihozlashni buyurdi

Mareska «Manchester Siti»dagi Gvardiolaning sobiq kabinetini qayta jihozlashni buyurdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska Xosep Gvardiola ketganidan so‘ng klubdagi ichki tartiblarni o‘zgartirishni boshladi.

Italiyalik mutaxassisning dastlabki qarorlaridan biri jamoa bazasidagi murabbiylar xonalariga taalluqli bo‘ldi. The Sun nashri xabariga ko‘ra, Mareska ilgari Gvardiolaning yordamchisi foydalangan kabinetni egalladi. Gvardiolaning o‘z kabineti esa jamoa yig‘ilishlari o‘tkaziladigan xonaga aylantirildi.

Ishni boshlashdan oldin Mareska Barselonada Gvardiola mehmoni bo‘lib, u bilan «Manchester Siti»ning hozirgi tarkibini bir necha soat davomida muhokama qildi. Murabbiylar, shuningdek, futbolchilarning fe’l-atvori va ularning asosiy tarkibda maydonga tushmaslikka bo‘lgan munosabati haqida ham gaplashib olishdi. Shu bilan birga, Mareska «Man Siti»dagi ishni o‘z uslubida yo‘lga qo‘yishni va Gvardiolaning yondashuvini ko‘chirmaslikni maqsad qilgan.

«Manchester Siti» yangi mavsumni 16 avgust kuni «Arsenal»ga qarshi Angliya Superkubogi uchun kechadigan o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 19:00, 12.08.2026.
O'qildi: 1157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик