«Aston Villa» yarim himoyachi Joau Palinyani sotib olishga yaqin.
Insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchi «Aston Villa» bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Shuningdek, Palinya «Bavariya»ga Birmingem klubiga o‘tish istagini bildirgan.
Endi Joau Palinya transferi shartlari bo‘yicha «Bavariya» va «Aston Villa» o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishi kerak.
Transfermarkt portali Joau Palinyaning qiymatini 15 million yevro deb baholamoqda.













