Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Sesk Fabregas «Arsenal» akademiyasining ishiga yuqori baho berdi

Sesk Fabregas «Arsenal» akademiyasining ishiga yuqori baho berdi

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Londonning «Arsenal» klubidagi yosh iqtidorlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Chorshanba kuni Italiya jamoasi «Emireyts» stadionida «kanonirlar»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Arsenal» ustun keldi.

«Xeyl End» («Arsenal» yoshlar akademiyasi) ajoyib ish olib bormoqda. Bu yerda juda ko‘p iqtidorli futbolchilar bor. Ammo ularga ishonish va maydonda o‘ynash imkoniyatini berish kerak, aks holda ularning rivojlanishi to‘xtab qoladi.

Ular hamma narsa oson bo‘lmasligini tushunishi kerak. Ular kurashishi lozim. Hozir bu futbolchilar dunyoning eng yaxshi klublaridan birida o‘ynamoqda. Bu yerda hatto Maks Doumandek favqulodda iqtidor egasi uchun ham o‘zini ko‘rsatish oson emas», — deya Fabregasning so‘zlarini jurnalist Konnor Xamm keltirdi.

Fabregasning o‘zi 2003 yildan 2011 yilga qadar «Arsenal» sharafini himoya qilgan.

Mikel Arteta boshchiligidagi «Arsenal» yakshanba kuni Angliya Superkubogi uchun «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 07:29, 13.08.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик