Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Arteta Gimaraesning «Manchester Siti»ga qarshi asosiy tarkibda tushishi haqida gapirdi

Arteta Gimaraesning «Manchester Siti»ga qarshi asosiy tarkibda tushishi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yangi a’zosi Bruno Gimaraes haqida fikr bildirdi.

Chorshanba kuni braziliyalik yarimhimoyachi «kanonirlar» safida ilk bor maydonga tushdi. U Italiyaning «Komo» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo‘limi boshida o‘yinga qo‘shildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Arsenal» 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Gimaraes ham penaltilar seriyasida o‘z zarbasini aniq amalga oshirdi.

Jurnalistlar Artetadan 16 avgust kuni «Manchester Siti»ga qarshi o‘tadigan Angliya Superkubogi bahsida Gimaraes asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkinmi, deb so‘radi.

«Ko‘ramiz! U jamoa bilan atigi uchta mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo yaxshi ko‘rindi. Bugun u o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni va «Emireyts»dagi muhitni his qilishni istadi», — deya Artetaning so‘zlarini afcstuff keltirdi.

«Arsenal» Bruno Gimaraesni «Nyukasl»dan 87,5 mln yevro evaziga sotib olgan.

Kiritildi: 07:39, 13.08.2026.
O'qildi: 734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик