Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Tottenxem" Kristian Romeroni "Atletiko"ga sotishga rozi bo‘ldi

"Tottenxem" Kristian Romeroni "Atletiko"ga sotishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar 28 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bonuslarni hisobga olganda, bitimning umumiy qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Avvalroq xabar berilganidek, Romero ham "Atletiko" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan.

Argentinalik himoyachi 2021 yildan buyon "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U London klubi bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.

Romero "Tottenxem" safida barcha musobaqalarda jami 156 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining bozor qiymati 50 mln yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: 10:05, 13.08.2026.
O'qildi: 694 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик