Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Luis Enrike Ferran Torres uchun reja tayyorlab qo‘ydi

Luis Enrike Ferran Torres uchun reja tayyorlab qo‘ydi

Baho:
+ | -

Hujumchi Ferran Torres yaqin vaqt ichida "PSJ" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Avvalroq Parij klubi va "Barselona" o‘rtasidagi kelishuv yakunlanishiga juda yaqin ekani xabar qilingan edi.

Ispaniyaning Sport nashriga ko‘ra, "PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Torresdan qanday foydalanish bo‘yicha allaqachon reja tuzib qo‘ygan. Mutaxassis Jahon chempionatidan keyin ta’tilda bo‘lgan Ferranning holatini hisobga olib, uni darhol o‘yinlarga jalb qilmoqchi emas.

Rejaga ko‘ra, Torres Fransiya Superkubogi bahsini o‘tkazib yuboradi va ilk bor bir haftadan keyin — 23 avgust kuni Liga 1 doirasida "Renn"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Qayd etilishicha, Luis Enrike Ferran Torresning universalligini yuqori baholaydi. Ispaniyalik hujumchi hujum chizig‘ining markazida ham, har ikki qanotida ham o‘ynay oladi.

Kiritildi: 19:33, 13.08.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик