Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

"PSJ"ga o‘tish arafasidagi Ferran Torresning "Barselona"dagi natijalari

"PSJ"ga o‘tish arafasidagi Ferran Torresning "Barselona"dagi natijalari

Baho:
+ | -

Ferran Torresning "Barselona"dagi to‘rt yarim yillik faoliyati yakunlanish arafasida. Kataloniya klubi va "PSJ" ispaniyalik hujumchining transferi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishgan. Bitim qiymati taxminan 50 mln yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining "Barselona" tarkibidagi umumiy statistikasi quyidagicha:

207 ta o‘yin
65 ta gol
23 ta golli uzatma
7 ta sovrin

Ferran Torres "Barselona"ga 2022 yil yanvarda "Manchester Siti"dan kelib qo‘shilgan. Kataloniyaliklar uning transferi uchun 55 mln yevro to‘lagan edi. U asosiy hujumchi, shuningdek, har ikki qanotda harakat qila olishi tufayli turli murabbiylar qo‘l ostida jamoaning muhim futbolchilaridan biri bo‘lib keldi.

Ispaniyalik futbolchi "Barselona" bilan uch marta La Liga, uch marta Ispaniya Superkubogi va bir marta Ispaniya Kubogida g‘olib chiqqan.

Ayniqsa, Torresning so‘nggi ikki mavsumi samaradorlik jihatidan eng yaxshi davri bo‘ldi — u bu vaqt oralig‘ida jami 40 ta gol urdi.

Endi Ferranning faoliyatini "PSJ"da davom ettirishi kutilmoqda. Agar transfer rasman yakunlansa, uning "Barselona"dagi sahifasi 207 o‘yin, 65 gol, 23 assist va 7 sovrin bilan yopiladi.

Kiritildi: 12:27, 14.08.2026.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик