Niderlandiyaning «Ayaks» klubi vingeri Mika Godts yaqin orada «Pari Sen-Jermen» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, kelishuv yakuniy bosqichda turibdi. 21 yoshli belgiyalik futbolchining transferi Chempionlar ligasi g‘olibiga 55 million yevroga tushadi. Godts «PSJ» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Ta’kidlanishicha, hozirda tomonlar so‘nggi detallarni kelishib olishmoqda. Ushbu transfer tez orada yakunlanadi.
Yangi mavsumda Godts barcha turnirlarda to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda esa vinger 44 ta bellashuvda 17 ta gol urib, 15 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.













