Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Qozog‘istonlik jangchi UFC ro‘yxatidan o‘chirildi

Qozog‘istonlik jangchi UFC ro‘yxatidan o‘chirildi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik jangchi Bekzat Almaxan UFC ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda promoushenning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Bekzat Almaxan 28 yoshda. Qozog‘istonlik jangchi professional MMA'dagi faoliyatini 2016-yilda boshlagan va 2024-yildan UFC'da ishtirok etib kelayotgan edi.

U dunyoning eng nufuzli promoushenidagi debyut jangini UFC Fight Night 238 turnirida o‘tkazgan. Unda Almaxan rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub bo‘lgan. Keyinchalik u kanadalik Bred Katonani nokautga uchratgan, shuningdek, gruziyalik Aleksandr Topuriya (Ilya Topuriyaning ukasi) va braziliyalik Yan Matsumotoga hakamlar qarori bilan imkoniyatni boy bergan.

Shuningdek, yana bir qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov so‘nggi jangini 2024-yil dekabr oyida UFC 310 turnirida irlandiyalik Ian Garriga qarshi o‘tkazib, hakamlar qarori bilan g‘alaba qozongan edi. Jarohat sababli uzoq vaqt jang qilmagani bois, u 2026-yil boshida UFC reytingidan chiqarib tashlangan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov 1994-yilda Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. U 2014-yili Qozog‘iston fuqaroligini olgan va oilasi bilan Qarag‘andaga ko‘chib ketgan. Rahmonov 2020-yildan beri UFC'da jang qilib keladi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 14:34, 14.08.2026.
O'qildi: 925 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик