Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Mareska Rodri va Fernandes haqidagi savollarga javob berdi

Mareska Rodri va Fernandes haqidagi savollarga javob berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Rodrining «Barselona»ga ehtimoliy o‘tishi hamda Enso Fernandesning transferi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Rodri haqidagi xabarlarmi? Transfer oynasi ochiqligi va futbolchilarni sotib olishimiz yoki sotishimiz mumkinligi haqida avval ham aytgandik. Har qanday narsa yuz berishi mumkin. Men hozirgina Rodrini ko‘rdim va uni bag‘rimga bosdim. Uning ahvoli yaxshi. Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fernandesning ehtimoliy transferimi? Javobim har doim bir xil bo‘ladi. U boshqa klub futbolchisi va u haqda gapirishim to‘g‘ri emas deb hisoblayman. Shu bilan birga, boshqa klublarning ham bizning o‘yinchilarimiz haqida gapirishini to‘g‘ri deb bilmayman. Shu sababli boshqa jamoa futbolchilari haqida hech narsa demayman», — dedi Mareska matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni «Manchester Siti» Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 15:26, 14.08.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик