«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska matbuot anjumanida bugun kun oxirigacha biror transfer amalga oshishini kutish kerakmi-yo‘qmi degan savolga javob berdi.
«Rostini aytsam, bugun emas. Bugun biror narsa yuz berishiga ishonmayman», — dedi Mareska.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» Elliot Anderson uchun 135 million yevro to‘lab, o‘z tarixidagi transfer rekordini yangilagan edi.
Yakshanba, 16 avgust kuni «Manchester Siti» Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.













