«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Angliya Superkubogi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida raqib va o‘z jamoasining maqsadlari haqida gapirib o‘tdi.
«So‘nggi yillarda «Arsenal» har doim sovrinlar uchun asosiy da’vogarlar qatorida ekanini ko‘rsatib kelmoqda. Bu — Arteta boshchiligidagi ajoyib jamoa. O‘tgan yili ular Premyer-ligada g‘olib chiqib, qanchalik kuchli ekanliklarini isbotlashdi. Ammo, shu bilan birga, biz ham — «Manchester Siti»miz. Biz ular bilan o‘rtadagi farqni qisqartirishga va oxirigacha raqobatlashishga harakat qilamiz.
Biz uchun o‘sishda va rivojlanishda davom etish juda muhim. Menimcha, mavsumoldi tayyorgarligi yaxshi o‘tdi, chunki jamoa o‘yindan-o‘yinga qo‘shib bordi. Endi tayyorgarlik bosqichi yakunlandi, biz kurashishimiz, o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz va sovrinlarni qo‘lga kiritishimiz kerak. Men maydonda to‘g‘ri kayfiyat, rivojlanishning davomini va titullarni yutishga undaydigan mentalitetni ko‘rishni xohlayman», — dedi Mareska.
Eslatib o‘tamiz, 16 avgust kuni «Manchester Siti» va «Arsenal» o‘rtasida Angliya Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Kardiffdagi «Millenium» stadionida Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.













