Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

Darvin Nunyes turk klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Darvin Nunyes turk klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunyes Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Jurnalist Sasha Tavolyerining X ijtimoiy tarmog‘idagi xabariga ko‘ra, Trabzon klubi futbolchi uchun kurashda Istanbulning «Beshiktosh» jamoasini ortda qoldirgan.

Manba beradigan ma’lumotlarga ko‘ra, Nunyes ertaga, 15 avgust kuni Turkiyaga yetib keladi. Urugvaylik hujumchi yangi jamoasiga bir mavsumlik ijara asosida kelib qo‘shilishi aytilmoqda.

Avvalroq «Trabzonspor» «Liverpul»ning yana bir sobiq hujumchisi Muhammad Salohni erkin agent maqomida transfer qilganini e’lon qilgan edi. Nunyesga qiziqish bildirayotgani aytilgan «Beshiktash» esa «Yuventus»ning sobiq forvardi Dushan Vlaxovich bilan tarkibini kuchaytirib oldi.

Kiritildi: 16:25, 14.08.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик